Shahri g’ulg’ula

Ma’nosi

Shahri g’ulg’ula, shahri gulgula — qadimiy shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 4-5-asrlar). Janubiy Surxon suv omborining g’arbiy qirg’og’ida, Qumqo’ryun shahri (Surxondaryo viloyati)dan shimolda joylashgan. Shahri g’ulg’ulaning katta qismini suv yuvib ketganligi uchun umumiy maydoni aniq emas. 3-4 metr qalinlikdagi madaniy qatlam aniqlangan. Kushonlar davriga oid sopol idishlar, qadimiy Rimda ishlangan marmar niqob topilgan.

O‘xshash so‘zlar

Sh harfi: barcha so‘zlar