Shamollar sxemasi

Shamollar sxemasi (meteorologiyada) — ma’lum joydagi (mahalliy) shamol rejimi (yunalishi) ni ifodalaydigan grafik. Odatda, ko’p yillik kuzatishlar asosida oylik, mavsumiy va yillik grafiklar tuziladi. Ufqning asosiy yo’nalishlari bo’ylab bir markazdan taralgan nur shaklidagi chizig’utarning uzunligi shu yo’nalishda esgan shamollarning qandaydir qiymatiga (ularning takrorlanishiga, o’rtacha tezligiga, shu ikki miqdorning ko’paytmasiga va boshqalarga) mutanosib (uyg’un) bo’ladi. Shamollar sxemasi. Nurlar (chiziklar)ning har biri shamolning qaysi tomonga esishini ko’rsatadi (masalan, G’ — G’arb, Sh — shimol, shq — Sharq, J — janub, shg’ — shimolig’arb, SHSHQ shimolisharq, JSHQ — janubisharq, JG’ — janubig’arb). Nurlarining uchlari siniq chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Shamollar sxemasining fan va xalq xo’jaligidagi nazariy va amaliy axamiyati katta.