Shamsiddinov Hamidulla Ubaydullayevich

Shamsiddinov Hamidulla Ubaydullayevich (1940.27.10, Toshkent) — dirijyor, O’zbekiston xalq artisti (1988). Tashkent konservatoriyasini cholg’u ijrochiligi (Qashqar rubobi, 1962) xanda opera simfonii dirijyorligi (1968) ixtisosliklari bo’yicha tugatgan. O’zbek davlat filarmoniyasining xalq cholg’ulari orkestrida sozanda I (195863), Navoiy » teatrida dirijyor (1968-2002, 1990 yildan bosh dirijyor). Dirijyorlik uslubi aniq xarakatlar, musiqa rivojining sahna jarayoni bilan uzviy bog’lanishga asoslangan. Repertuaridan O’zbekiston kompozitorlari («Dilerom», «Sevgi tumori», M.Ashrafiy; «Suhayl va Meqri», M.Leviev; «Zebunniso», «Malikai ayyor», Sayfi Jalil; «Taxtga yo’l», N.Zokirov va boshqalar) va chet el mumtoz («Evgeniy Onegin», «Iolanta», P.Chaykovskiy; «Figaroning uylanishi», «sehrli fleyta», V.Mosart va boshqalar) opera va baletlari o’rin olgan. Navoiy teatrida bir necha spektaklni dirijyor sifatida sahnalashtirgan (Ik. Akbarovning «Navro’z», F.Amirovning «1001 kecha» baletlari va boshqalar). Tailand, Xitoy (Gonkong), Singapur mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (2001).