Sharofiddin Buxoriy
Sharofiddin Buxoriy, Xoja Sharofiddin Sanoiy (13-asr 2-yarmi — Shofirkon tumani — 14-asr 1-choragi) — faqih va mudarris, mutasavvif shoir. Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan. O’rta asrlarda madrasalar va maktablarda asosiy darsliklardan biri sifatida o’qitilgan «Chor kitob» (boshqa nomi: «Chahor kitob» — «to’rt kitob»; 2 she’riy va 2 nasriy majmua) ni tuzgan va uning 1-kitobi — «nomi haq» («Alloh nomi») ni fors-tojik tilida yozgan (taxminan 1300 yil). Islom diniga oid pandnasihatlar kitobi sanalgan «Chor kitob» hozirgi kungacha yetib kelgan. Kitobda toatibodat, shariatning qonunqoidalari: farz, sunnat, namoz va ro’za haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, unda qiziqarli voqea va hikoyatlar, sharqona donishmandlik namunalari bayon etilgan. «Chor kitob» tojik tilida (Dushanba, 1990) va shoir olim bo’ri tarjimasida o’zbek tilida (Toshkent, 1992) nashr etilgan.