Shayboniylar

Shayboniylar-Shayboniylar davlatini boshqargan sulola (1500-1598). Asoschisi Muhammad Shayboniyxon. Shayboniyxondan so’ng Abulxayronning o’g’li Ko’chkinchixon hokimlik qiladi (1510-1530). Ko’chkinchixon vafoti va uning o’g’li Abdusaidning qisqa muddatdagi hukmronligi (1530-1533) dan so’ng taxtga Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon chiqadi (1533-1539). Shayboniylar o’zlarini temuriylarning qonuniy vorislari deb hisoblab, safaviylardan Xuroson va Temuriylar davlatining ikkinchi poytaxti Hirotni tortib olish uchun muttasil urushlar olib bordi. Abdullaxon II (1534-1598) Shayboniylar davlatida eng buyuk hukmdor bo’lgan. Abdullaxon II ning o’g’li Abdulmo’min qatl qilingandan so’ng shayboniylar sulolasi tugadi. Shayboniylardan keyin hokimiyat ashtarxoniylar (1599-1753) qo’liga o’tdi.