Shayx

Shayx-arabcha so’z bo’lib, keksa oqsoqol degan ma’noni anglatadi. Shayx so’zi faqat keksa, oqsoqollarga nisbatan emas, balki eng avvalo, bilimdon kishilarga, ya’ni olimlar, yozuvchilar, vazirlar, savdogarlar, hatto oliy hukmdorga ham, keyinchalik esa dindorlar, faqihlarga nisbatan ham qo’llanilgan. Jumladan, o’rta asrlarda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino “Shayx ur-rais”, ya’ni “bosh olim” unvoniga ega bo’lgan. So’nggi davrlarda esa so’fiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari, avliyolar vax udo yo’liga atalgan nazr0niyozlarni qabul qiluvchi dindorlar ham shayx deb yuritilgan.