Shayx-ul-islom

Shayx-ul-islom-muayyan mamlakatlardagi barcha islom tashkilotlari boshlig’i – oliy din vakili unvoni. Buxoro xonligi, Turkiya va boshqa davlatlarda Shayx ul-islom eng oliy diniy lavozim hisoblangan. Shialikka mansub Kavkazorti musulmonlari diniy boshqarmasi rahbarlari Shayx ul-islom unvoni bilan ish yuritadi. Sunniylikka mansub boshqarmalarning rahbarlari muftiy unvoniga ega.