Shig’ovul, shag’ovul

Shig’ovul, shag’ovul — saroy mansabi. 1) Buxoro xonligida elchilarni xon qabuliga olib kiruvchi mansabdor shaxs. Shig’ovul saroydagi qabul marosimlarini boshqargan va nazorat qilgan; 2) Xiva xonligida mehtarning yordamchisi bo’lib, ajnabiy elchilarni qabul qilish va ularning ta’minoti bilan shug’ullangan. Shig’ovullarning faoliyati «buxrilar» (ayg’oqchilar) faoliyati bilan yaqindan bog’liq bo’lgan. Shig’ovullar mustaqil ravishda dishtomatik muzokaralar olib borishmagan.