Shig’ovul, shag’ovul
Shig’ovul, shag’ovul — saroy mansabi. 1) Buxoro xonligida elchilarni xon qabuliga olib kiruvchi mansabdor shaxs. Shig’ovul saroydagi qabul marosimlarini boshqargan va nazorat qilgan; 2) Xiva xonligida mehtarning yordamchisi bo’lib, ajnabiy elchilarni qabul qilish va ularning ta’minoti bilan shug’ullangan. Shig’ovullarning faoliyati «buxrilar» (ayg’oqchilar) faoliyati bilan yaqindan bog’liq bo’lgan. Shig’ovullar mustaqil ravishda dishtomatik muzokaralar olib borishmagan.
O‘xshash so‘zlar
- Shikasta
- Shildirbosh, bo’yan
- Shilka
- Shiller Iogann Kristof Fridrix
- Shilling
- Shilling Pavel Lvovich
- Shilliq parda
- Shilliqqurt

