Shimoliy hudud
Shimoliy hudud — Avstraliyaning shimol qismidagi ma’muriy birlik. Maydoni 1,4 million km2. Aholisi 196,3 ming kishi (2000). Ma’muriy markazi — Darvin shahri hududining katta qismini balandligi 200-300 metrli plato egallaydi. Iqlimi shimolda tropik mussonli va Janubda cho’l iqlimi. Shimoliy hudud mamlakatning nisbatan kam rivojlangan va aholi siyrak joylashgan rayoni. Xo’jaligining yetakchi tarmog’i — konchilik sanoati va chorvachilik. Marganes rudasi, boksit, oltin, mis va temir rudalari, kumush va qalay qazib olinadi. Chorvachilikda, asosan, qoramol boqiladi. Dehqonchilikda yer yong’oq, sorgo, banan, apelsin, sabzavotlar yetishtiriladi.
O‘xshash so‘zlar
- SHIMOL
- SHIMOLIY TOJ
- Shimoliy qutb
- Shimoliy orol
- Shimoliy urush
- Shimol bug’usi
- Shimoliy Dvina
- Shimoliy Dakota

