Shisha tekstolit
Shisha tekstolit – shisha matolar (to’ldirgich) ga sintetik smola (bog’lovchi) shimdirib tayyorlanadigan qatlamqatlam plastik material. Shisha tekstolit tayyorlashda ishlatiladigan shisha matolar bir qatlamli, ko’p qatlamli (hajmiy o’rilishli) va har xil tolali bo’lishi mumkin. Ko’pincha, bir qatlamli shisha mato bir necha qatlam qilib ishlatiladi. Shisha tekstolitdan murakkab shaklli yirik buyumlar va list materiallar tayyorlashda, elektrotexnika va radiotexnikada elektr izolyatsiya materiali sifatida foydalaniladi.