Shishkin Ivan Ivanovich

Shishkin Ivan Ivanovich [1832.13(25). 1, Tatariston, Elabuta — 1898.8(20).3, Peterburg] — rus rassomi, realistik manzara janrining yirik namoyandasi; peredvijniklar uyushmasi asoschilaridan. Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik bilim yurti (1852-56) va Peterburg Badiiy Akademiyasi (1856-65)da ta’lim olgan. Peterburg Badiiy Alademiya akademik (1865), professor (1873), manzara ustaxonasining rahbari (1894— 95). Shishkin ijodining ilk davrida romantik manzara an’analariga ergashdi («Valaam oroli manzarasi», 1858 va boshqalar); 1860- yillardan kolorit va nurdagi shartlilikni yengib, ijodining yetakchi mavzuiga aylangan rus tabiatining ulug’vorligi, ko’rki, o’rmon manzaralarini ob’yektiv tasvirladi hamda peredvijniklarning asarlariga hamohang monumental va hayotbaxsh obrazlarni yaratdi («kesilgan o’rmon», 1867; «bug’doyzor», 1878; «cheksiz o’rmon», 1884; «qayinzor», 1886; «Emanzor», 1887 va boshqalar). Shishkin rasm ustasi bo’lgan, uning rang-tasvirga yaqin ofortlari rus tasviriy san’atida grafikaning ushbu turini qaytadan tiklanishiga asos bo’ldi.