SHOVUL

Ma’nosi

SHOVUL — torondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t o’simlik turi; sabzavot ekini. Bo’yi 30-75 santimetr. Ildizi sershox. Ildiz oldidagi barg plastinkasining tubi yuraksimon, yumaloq yoki ponasimon. Gullari ikki jinsli, barglari ingichka, nashtarsimon, tubi ponasimon. Iyun—iyul oylarida gullab urug’laydi. Urug’i 2-3° da unib chiqadi. Bargi tez o’sadi, birinchi yili 2 marta, keying yillarda 3-4 marta terib olinadi. Tarkibida oqsil, mineral tuzlar, A, S, V vitaminlari bor. Shovul sovuqqa chidamli, namsevar o’simlik.

O‘xshash so‘zlar

Sh harfi: barcha so‘zlar