Sifatlash, epitet

Sifatlash, epitet — stilisti- ka va poetika termini; antik davrdan ma’lum badiiytasviriy vositalardan. Narsa va xrdisalarga, tushuncha va h.k.ga xos xususiyatlarni obrazli tavsiflash. Aksariyat sifat, shuningdek, ravish, ot, son, fe’l vositasida ifodalanadi (mas, zar do’ppi, qutlug’kun, hovliqib gapir- Di kabi). S. gapni, iborani shunchaki bez*ash vositasi emas, balki u mazmun b-n aloqador bo’lib, nutqning mantiqiy, psixologik, lingvistik, adabiy va b. jihatlarida namoyon bo’ladi. Predmet- ni uning boshqa turlaridan ajratib ko’rsatuvchi («murg’ak she’r» kabi) oddiy mantiqiy ta’rifdan farq qilib, S. predmetning yo bironbir xususiyatini ajratib ko’rsatadi («chetan arava») yoki istiorali epitet sifatida unga boshqa bir predmetga xos xususiyatni ko’chiradi («kumush qish», «Zumrad bahor», «uchqur ot» kabi). Xalq ogzaki poetik ijodida sodda va doimiy slar ko’p qo’llaniladi («Pahlavon yigit», «cho’ri qiz», «uchar gilam» kabi). Sharq va, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotida ham ayrim Slar («bodomkrvoq», «pistadahan», «sarvqomat» kabi) ko’p takrorlanib, do- imo uchrashi oqibatida qo’shma sifatlar- ga — murakkab slarga aylanib ketgan («bodomqovoq qiz», «sarvqomat juvon» kabi). Adabiy-tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichiga xos slar bo’ladi. Slar tizimida muayyan adabiy davrning, yo’nalishning, yozuvchining uslubi o’z AK- sini topadi.