Sikstin kapellasini kim bezagan?

Mikelanjelo Buanarotti (1475-1564) o’zining Florentsiyadagi ilk qadamlarini haykaltarosh sifatida boshlagan edi. Asosan Florentsiya va Rimda (u bu shaharga 1534 yilda butunlay ko’chib kelgan edi) kechgan uzoq ijodiy hayoti davomida u badiiyat bobida o’zini salmoqli kashfiyotlar sari chorlagan tub siyosiy va ijtimoiy o’zgarishlarning guvohi bo’ldi. 1508 yilda Papa Yuliy II Sikstin kapellasi peshtoqini freskalar bilan bezashni Mikelanjeloga topshiradi. Yuliy II ning bu qarori san’at tarixida zamonlarga tatigulik voqealardan biri bo’ldi. Loyiha ijrochisi sifatida Mikelanjeloning tanlanishi, tabiiyki, ba’zi bir ishtibohlarni uyg’otadi. Basharti Mikelanjelo haykaltarosh sifatida shakllangandi va bu hol uning «tasviriy haykaltaroshlik» deb nom olgan uslubiga hal qiluvchi ta’sir o’tkazdi. Dastlab peshtoq botiq moviy peshtoqni qoplab olgan oltinrang yulduzlar bilan qoplangach, osmonning qoimmaqom timsoli namoyon bo’ladi. Yuliy II bu mavzuni olamning yaratilishi va Iso Masihning qayta zuhur etishini bashorat qilgan Payg’ambarlar va maloikalar tasviri bilan rivojlantirishni niyat qilgan edi. Shunday qilib, shiftlar va devorlarning naqshlari mushtarak mavzu bilan birlashadi. Mikelanjelo Odam alayhissalom yaratilishini Tangri taolo jonsiz odamga jon baxsh etishidan oldingi dramatik pallani tanlagan holda an’analarga zid o’laroq talqin etadi. Aynan shu dramatizmni balo-qazo gunohkor bashariyatni jazolayotgan «to’fon»da ham ko’rish mumkin. Mikelanjeloning teran va isyonkor aqlishuuri yangi g’oyalarga o’ziga xos oliymaqom yechimlar bilan javob berish asnosida muayyan ma’noda o’zi uchun ishlagan. Fikratiga ko’ra dohiyona va o’zg’ur xayollar sohibi bo’lmish bu zot buyuk haykaltarosh, musavvir, me’mor va shoir edi.