SIYOSIY KUCHLAR VA MANFAATLARI MUVOZANATI

SIYOSIY KUCHLAR VA MANFAATLARI MUVOZANATI — birgalikda faoliyat ko’rsatuvchi siyosat sub‘yektlarining ijobiy va salbiy sifatlarini belgilovchi, shuningdek, ular faoliyatining maqsadlari va vazifalari mos kelishi yoki kelmasligini aks etiruvchi ko’rsatgich tizimi. Siyosiy kuchlar muvozanati tahlili siyosiy jarayon uning rivojlanishi va taraqqiyot yo’nalishlarini hamma yo’nalishlarda tadqiq etishning muhim shartidir.