SIYOSIY-MA’MURIY XARITALAR

SIYOSIY-MA’MURIY XARITALAR — davlatlar yoki ularning ayrim qismlarini hozirgi kundagi siyosiy – ma‘muriy tuzilishini aks ettiruvchi xaritalar. Siyosiy-ma’muriy xaritalarda xaritalashtirilayotgan hududning siyosiy va ma‘muriy bo’linishi (hududiy, siyosiy va ma‘muriy birliklarning joylashuvi, chegaralari), davlat tuzilishi va boshqaruv shakllari, siyosiy, strategik va ma‘muriy markazlari, xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega kommunikatsiyalar tasvirlanadi. Siyosiy-ma’muriy xaritalardan ma‘lumotnoma sifatida, tashkiliy xo’jalik, o’quv maqsadlarida va boshqa mazmundagi mavzuli xaritalarni tuzishda asos sifatida foydalaniladi.