SIYOSIY RIVOJLANISH

SIYOSIY RIVOJLANISH — muayyan jamiyat siyosiy tizimi ichidagi o’zgarishlarni yoki uni boshqasi bilan almashtirishni belgilaydigan, qoidaga ko’ra, ko’rsatilayotgan talablarga nisbatan boshqaruv vositalarining qobiliyatini moslashtirib borish yo’nalishida avj oladigan o’sish jarayonlari yig’indisidir. Siyosiy rivojlanish qonuniyatlari ijtimoiy guruhlarning barqaror o’zaro xatti-harakatlarini va siyosiy sohadagi aktorlarning amaliy faoliyatini ifodalaydi. Ular natijali uyg’unlashuvlarga moyillik yoki ularni harakat qilishlariga asoslangan xarakterni ta‘minlaydigan turli manfaatlar ziddiyatlari sifatida namoyon bo’ladi.