SIYOSIY TARBIYA

SIYOSIY TARBIYA — jamiyat a‘zolarida siyosiy ongni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat bo’lib, uning yordamida siyosiy jarayonlar va siyosiy munosabatlarda bo’ladigan voqea-hodisalar, o’zgarishlarning mohiyati va mazmuni jamiyat a‘zolari tomonidan u yoki bu darajada anglab yetiladi va ularda siyosatga ongli munosabatda bo’lish qolibiyatlari shakllantiriladi. Siyosiy tarbiyaning ishontirish; jamiyat a‘zolariga siyosiy ta‘sir etish; namuna bo’lish usullari va h.k. usullari mavjud. Radio, televideniye, bosma nashrlar, siyosiy adabiyotlar, muzeylar, siyosiy mavzularga doir badiiy va hujjatli filmlar siyosiy tarbiyaning vositalari bo’lib hisoblanadi.