Slyab

Slyab (inglizcha slab, aynan —plita) — metallurgiya sanoatining chala mahsuloti; kesimi to’g’ri to’rtburchak shakldagi yassi po’lat zagotovka. Slyab po’latni uzluksiz quyish qurilmalarida yoki slyabingda, ba’zan esa blumingda olinadi. Slyabning eni 400-2500 millimetrgacha, qalinligi 75— 600 millimetrgacha bo’ladi. Undan list prokat ishlab chiqariladi.