Sobir
Sobir (taxallusi; asl ism-sharifi Mirza Alekper Toirzoda) [1862. 19(31).5, Shemaxa sh. 1911.12(25).7] Ozarbayjon shoiri. Shoir Sayd Azim Shirvoniy och- gan yangi usul maktabida o’qib, uning ta’- sirida she’rlar yoza boshlagan. Ijodi- ning dastlabki davrida ishqiy g’azallar yozgan. 1906 y.da «Mulla Nasriddin» hajviy jur.da xo’pxo’p (sassiqpopishak) taxallusi ostida hajviy she’rlari chop etilgan. Hajviy asarlari ijti- moiy tengeizlik va adolatsizlikka qarshi, o’z haqhuquqlari uchun kurash tuyg’usi b-n yo’g’rilgan. S. qalamiga man- sub hajviyalarning mavzu doirasi keng bo’lib, shoir mahalliy voqelik muam- molari b-ngina cheklanib qolmay, hatto Rossiya Davlat dumasining tarqatib yuborilishi, Eron shohi va turk sultoni- ning kirdikorlarini ham hajv qiluvchi asarlar yaratgan. S. «Mulla Nasriddin» jur. muharriri Jalil Mamadqulizoda va b. mualliflar b-n birga hajviyotning jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini kuchaytirgan. S.ning hajviy asarlari Eron, O’rta Osiyo va Volgabo’yi shoirla- ri, jumladan, Hamza, So’fizoda, Sobir Abdulyaa va b. o’zbek shoirlari ijodiga ta’sir ko’rsatgan. S. ning «Ho’pxo’pnoma» asari 20-a. boshlarida o’zbek xalqining sevimli kitoblaridan bo’lgan. As: Nonvoynoma., t. 1-3, Baku, 1962-65; Izbrannoe, Baku, 1962. Ad.: Sharif A., Jizn i poeticheskoe tvorchestvo Sabira (18621911), M» 1951.