Sobitov Zohid (Zagid) Zarifovich

Ma’nosi

Sobitov Zohid (Zagid) Zarifovich (1909.21.10, Tatariston Respubli- kasi — 1982.11.7, Toshkent) — kinore- jissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964). O’zbekiston xalq artisti (1970). Faoliyatini 1929 y. «Sharq kinosi» studiyasida rej. yordam- chisiligidan boshlagan. 1930-32 y.lar «Mosfilm»da, 1933-35 y.lar «Sharq kinosi»da rej. assistenti bo’lib, «Bo’lat Botir», «dumli yulduz», «sa- Mara guli», «yangi hayot» filmlarini ishlashda qatnashgan. 1937-82 y.lar «O’zbekfilm» rej. i. «Oddiy ish» (1940) kinonovellasi S.ning ilk badiiy filmidir. Urush yillari «frontda- gi do’stlar», «Vatanga sovg’a» (K. Yorma- tov b-n hamkorlikda), «besh respublika kontserti» kabi badiiyhujjatli fil- mlar yaratdi. «Ogoh bo’l!», «10 yil», «Cho’ldagi yo’l» singari hujjatli hamda «Stadionda uchrashamiz», «Sahrodagi voqea», «farzandlar», «Hamza», «samo- lyotlar qo’na olmadi», «fidoyi», «Gene- ral Rahimov», «Chinor», «Favqulodda hodisa», «ikki jangchi haqida qissa» kabi badiiy filmlari b-n o’zbek kinosi rivojiga munosib xissa qo’shdi. S. o’zbek kinosida birinchilardan bo’lib detektiv janrda film yaratganlardan, uning filmlari qahramonlik, do’stlik va insoniylikni tarannum etadi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

O‘xshash so‘zlar

S harfi: barcha so‘zlar