Soch o’rimi tarixi nimadan boshlangan?

Rossiyada qadimdan qizlar go’zalligining ramzi soch o’rimi bo’lgan. Bu eng ko’hna rus sochtarhi mo’g’ullar istilosiga qadar ham mavjud edi. O’sha zamonlardayoq Rossiyada soch o’rimining qizlar va ayollar soch o’rimiga ajratilishi paydo bo’lgan edi. Turmush qurgan ayollar sochlarini bosh kiyimi ostiga bekitishlari shart edi. Ro’molni, nimdoira soyabonli bosh kiyimi — kokoshnikni (uni yosh ayollar kiyardilar), peshonabog’ — chepesni faqat turmush o’rtoqlari oldida olib qo’yishlari mumkin bo’lgan. Turmushga chiqqan ayolning bosh kiyimlarini olishga qo’l urganlarga nisbatan Novgorodda XII asrda jarima ham to’lattirishgan. Qizlar taralmagan (ba’zida jingalak) soch qo’yganlar, ular sochlarini jiyaklar, ipak popuklar, shokilalar bilan bezab turmaklaganlar. Peshonada sochlar bog’ichlar bilan tartiblashtirilgan. Rus to’y marosimining muhim qismi qalliq sochining turmaklarini ochish bo’lgan. Odatda unashtirib qo’yishdan avval hammomni qizdirishardi. Qalliqning uyida mehmonlar to’planishardi, qiz dugonalar marosim qo’shiqlari va yig’i-sig’i ostida kelinning sochini yoya boshlardilar. Ulug’ Petr zamonidan keyin Rossiyada hamma joyda kiyim-kechak, poyabzal kiyishda, soch qo’yishda G’arbiy Yevropa andozalari urf bo’la boshladi. Hozir soch qo’yishning eski ko’rinishlari staroobryadetslar orasida saqlanib qolgan.