Soddi (Soddy) Frederik
Soddi (Soddy) Frederik (1877.2.9, Istborn — 1956.22.9) — ingliz radio- kimyogari. London Qirollik jamiyati a’zosi (1910 y.dan). Oksford un-tini tugatgan (1898). 1900-02 y.da Monre- aldagi Makgill un-tida E. Rezerford b-n, 1903-04 y.larda London un-tida U. Ramzay b-n ishlagan. Glazgo un-tida dars bergan (1904-14), Aberdin (1914— 19) va Oksford (1919-36) un-tlarida prof. Asosiy ilmiy ishlari radioak- tivlik tadqiqotiga oid. E. Rezerford b-n hamkorlikda Toriyx (radiy224) radioelementa ni kashf etdi (1902) va 2 ta emanasiya (radon220 va radon222)ning kimyoviy inertligini isbot qildi, radi- oaktiv parchalanish nazariyasi asoslari- ni ishlab chikdi (1902), «yarim emirilish davri» tushunchasini fanga kiritdi. U. Ramzay b-n hamkorlikda radiy va radon radioaktiv parchalanganda geliy hosil bo’lishini isbot qildi. O. Gan va L. Meytnerlarga bog’liq bo’lmagan holda protaktiniyni kashf etdi. Nobel mu- kofoti laureati (1921). Uning sharafiga mineral (soddi) nomlangan.