Sodalit
Sodalit — sinchli Alyumosili- katlar kichik sinfiga mansub mineral. Na8[AlSiO4J6CL2. Kimyoviy tarki- bi Na2O25%, A12O331%, SiO2—37%, S1— 7%. Kub singoniyada Kristal- lanadi. Donador agregatlar hosil qiladi, nefelin kristallari atrofida hoshiya ko’rinishida bo’ladi. Rangi mo- viy, sarg’ish, yashilbo’z, ba’zan pushti. Qattikligi 5,5—6, zichligi 2,3—2,5 g/ sm3. Mo’rt. S. ishqorli magmatik, aso- san, effuziv jinslarning birlam- chi mineralidir. Qo’shimcha anionlari tarkibida neogen, gayuin, lazurit va b. bor. O’zgarishlar natijasida natro- litga, kamroq serisit, diaspor, gidro- argillit va h.k.ga aylanadi. Natriysi ko’p ishqorli tog’jinslarida nefelin hisobiga hamda kontaktmetasomatik karbonatlarda hosil bo’ladi. Turlari: gakmanit, molibdosodalit (M0O3 2,8% gacha), gidroslyudit, bunda xlorning bir qismi (on)ga aralashgan bo’ladi. O’rta Osiyo, Kavkaz (Armaniston), Ukraina, RF (Ural, Krasnoyarsk o’lkasi), Norvegiya, Kanada va b. joylarda tarkalgan. Bezak toshi.