Sodiqov Faxriddin

Sodiqov Faxriddin (1914.13.6 — Toshkent — 1977.27.10) — sozanda, ba- stakor. O’zbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi (1964). Toshkent musiqa texnikumini tugatgan (1931). Toshkent konservatoriyasida ta’lim olgan (1946— 47, 195152). O’zbek musika an’analari- ni ^ M. Najmiddinov, Sh. Shoumarov, Abduqodir Ismoilov va b.dan o’rgangan. Toshkent teatrlari va O’zbek davlat Fi- larmoniyasida sozanda (192938). Dutor- chi qizjuvonlar ansambli (1939), g. Ra- ximova raxbarligidagi front kontsert brigadasi (1942-45)da musika rahbari. O’zbekiston radiosi xalq cholg’ulari an- samblida changchi (1947-53, 1957-61), O’zbek estrada ansambli (1953-57), 1961 y.dan maqom ansamblining musiqa rahbari. Ayni paytda (1972 y.dan) tosh- kent konservatoriyasida pedagog (chang, dutor), maqom ansambli tashkilotchisi va rahbari bo’lib, maqom ansambli ijro- chiligining yangi uslubini kashf etgan. Ansambl tarkibidagi barcha sozlar- ning ifodaviy, texnikaviy, dinamik imkoniyatlari, tembr xususiyatlaridan to’laqonli foydalanib, har bir asarning o’ziga xos «partiturasini» yaratgan. S Nodir ijroviy salohiyati va mu- sika asarlari b-n milliy san’atimiz- ning boyitilishiga katta ulush qo’shdi. S. ijodidagi 400 ga yakin asarlaridan qo’shiq, ashula, Yalla va cholg’u kuylar keng o’rin olgan. «Vatan marshi», «O’zbekcha vals», «Gulnor», «Ishq» kabi cholg’u kuylar, «Ey chehrasi tobonim», «duto- Rim», «yor bilib», «bir go’zal», «Zaraf- shon», «to’y muborak», «gullar vodiysi», «O’zbekiston», «Shirmonoy», «Zaraf- shon», «sulim bahor», «xumor», «Laylo- misansan» va b. vokal asarlari mashhur. V. Gienko b-n «ota o’g’li», S. Hayitboev b-n «saltanat larzada» kabi musiqali dramalar, «yangi Toshkent» syuitasi (T. Toshmatov b-n)ni yozgan. O’zbekiston dav- lat konservatoriyasida S. nomidagi so- zandalar ansambli bor.