Sodiqov Foruq Tojievich

Sodiqov Foruq Tojievich (1946.31.12, Toshkent) — dirijyor. O’zbekiston xalq artisti (1999). Toshkent konservatoriyasini xalq cholg’ulari ij- rochiligi (1970) va operasimfonik diri- jyorligi (1976) ixtisosliklari bo’yicha tugatgan. Mukimiy teatrida sozanda (1966-68), Toshkent konservatoriyasida pedagog (1969-91), T. Jalilov nomidagi O’zbekiston davlat akad. xalqcholg’ulari orkestrining badiiy raxbari va bosh Di- rijyori (1976 y.dan), ayni paytda, tosh- kent konservatoriyasi (1985 y.dan) va Madaniyat in-tida dosent (1997 y.dan), prof. (2000 y.dan). Dirijyor repertuari- dan o’zbek kompozitorlari (M. Ashrafiy, S. Yudakov, M. Leviev, T. Qurbonov, M. Tojiev va b.) asarlari, xalq cholg’ulari orkestriga moslashtirilgan jahon (J. Bize, P. Sarasate, M. Glinka, P. Chaykov – skiy, A. Borodin va b.ning) hamda o’zbek mumtoz («Girya», «Chuli Iroq», «yovvoyi Chorgoh», «Beboqcha» kabi) asarlari urin olgan. S. rahbarligidagi orkestr ijro- lari O’zbekiston, Tojikiston va b. mam- lakatlar radio fonojamg’armalariga, 18 ta grammplastinkaga yozilgan. S. chet el (Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston va b.) orkestrlariga dirijyorlik qilgan. Mar- kaziy Osiyo davlatlari, Koreya, Frantsiya va b. mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. S. hayoti va ijodiga bagishlangan «musiqiy palitra» (1983, «O’zbektelefilm» stu- diyasi) filmi suratga olingan.