Soib Tabriziy

Soib Tabriziy (taxallusi; asl ism-sharifi Mirzo Muhammad Ali) (1601 — Eron, Isfahon sh. -1677) — Ozarbayjon shoiri. Asosan, fors tilida ijod qilgan. Ko’p sayohatlarda bo’lgan, 8 y. Hindistonda yashagan. Eronga qaytgach, «Malik ushshuaro» unvoniga sazovor bo’lgan. Shoh Abbos II (1642-66) saroyi- da yashagan. Harbiy yurishlar haqida she’- rlar — jangnomalar, didaktik asarlar — pandnomalar, falsafiy mazmundagi g’azallar yaratgan. Qandahor yaqinidagi janglar ga bag’ishlangan «Qandahornoma» dostoni mashhur. Ozarbayjon tilida- gi she’rlarida Fuzuliy an’analarini rivojlantirgan. S. T. shoir sifatida Sharq xalqlari adabiyotlarida ko’plab izdoshlarga ega. Uning katta hajmdagi (120 ming baytga yaqin) she’riy merosi nisbatan kam o’rganilgan. Ac: G’azallar, Boku, 1946.