Soipov Qidirboy

Soipov Qidirboy (1939.10.9, Qoraqalpog’istonning Chimboy tuma- ni — 1972.28.10, Nukus) — teatr ras- somi, Qoraqalpog’istonda (1965) va O’zbekistonda (1969) xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Benkov nomidagi Re- spublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1957). Qoraqalpog’iston tea- trida rassom, bosh rassom (1958-72). S. yaratgan dekorasiya eskizlarida spek- takllarning davr ruhini berishga in- tildi, asar ruhiga mos sahna bezaklari yaratdi: «baxt» (1957), «Berdaq» (1958), «Oygul va Obod» (1959), «Qoraqalpoq qizi» (1967), «Mamanbiy» (1971) va b. S, shuningdek, portret («Zauraning por- treta», 1967) va manzaralar («Amudaryoda oqshom», 1963) ham yaratgan. Berdaq nomi- dagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1970).