Sodiqova Zaynab G’anievna

Sodiqova Zaynab G’anievna (1917.9.2, Ijevsk — 1995.25.5, Samarqand) — aktrisa, rej. O’zbekiston xalq artisti (1950). Ijodiy faoli- yatini 1934 y. H. Olimjon nomidagi Samarqand musiqali drama teatri- da boshlagan. S. ijodi dramatik shuur b-n birga pinhon kechinmalarga boy. Sahnada so’z jarangidan ko’ra, xrlat, xatti-harakat va qarashlar ma’nosi orqali obraz qiyofasini ochishni af- zal ko’rgan. Sahnada 150 dan ortiq rol ijro etgan. Qimmat («Rustam»), Lida («Platon Krechet»), Dilbar («Tormor»), Lyubov («Lyubov Yarovaya»), Adolat («Adolat»), Luiza («makr va muhabbat»), Jamila («boy ila xizmatchi»), xolis- xon («Xolisxon»), Guli («Alisher na- voiy»), Kuraj ona («bandai gumroh») va b. shular jumlasidan. Rej. Sifatida «Toshbolta oshiq» (h. G’ulom, M. Leviev), «Birinchi muhabbat» (X. Vohid), «Jon qizlar» (K. Boyseitov, K. Shang’itboev, M. Muhamedov), «Ezop» (G. Figeyredu), «Tentak» (N. Hikmat), «odam tug’ildi» (O’. Umarbekov), «Parvona» (Uyg’un), «Ol- gin devor» (E. Vohidov), «Otello» (U. Shekspir, A. Grinberg b-n hamkorlikda) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Soz — 1) Markaziy Osiyoda musiqa cholg’o’asboblarining umumiy ifodasi; 2) torlitirnama musiqa cholg’u asbobi. Ozarbayjon, Eron, Turkiya va b. mamla- katlarda tarqalgan. Yog’ochdan yasaladi, noksimon kosasi pardalar bog’langan uzun dastasiga elimlab ulanadi. Umu- miy uz. 70-80 sm. 5 tadan 9 tagacha sim torlari mezrob b-n chalinadi. Ular, odat- da, kvartakvintaga sozlanadi. S, aso- san, oshiqlar, xonandalar qo’shig’iga jo’r cholg’u asbobi sifatida, shuningdek, xalq cholg’u ansambli tarkibida ishlatiladi.