Soliq stavkasi
Soliq stavkasi — soliq ob’- ektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq mikdori; pul sum- masi hisobida undiriladi. Mac, ish haqi yoki foydaning pulda hisoblangan mikdori, erning ga hisobidagi sathiga nisbatan hisoblangan soliq. S.s. qonun yo’li b-n turli usulda belgilanadi: qat’iy yoki proportsional belgilangan stavkalar — soliq ob’ekti miqdoriga nisbatan o’zgarmaydigan bir xil ulushda undiriladi. Mac, O’zbekistonda korxona – lar molmulkidan undiriladigan soliq 4% qilib belgilangan, ushbu S.s. ob’ekt qiymati (molmulk qiymati)ning ma’lum ulushiga teng (4%) bo’ladi; progressive S.s — soliq ob’ekti miqdoriga qarab ortib boruvchi stavkalar. O’zbekistonda soliq qonunchiligiga ko’ra eng kam ish haqining 5 barobariga teng qismiga 13%, undan 10 marta oshgan qismiga 21% S.s. belgilangan va daromad miqdorining ortib borishi b-n S.s. ham oshib boradi (2004, 1 yanv.). Regressiv S.s. — daromad- larning o’sishi b-n stavkalar mikdori kamayib boradi. Jahon mamlakatlari amaliyotida kamdankam, asosan, qazib oluvchi tarmoklarda qo’llanadi. Nolli S.s. — eksportga mo’ljallangan tovarlar i.ch.ni rag’batlantirishda qo’llaniladi. Mac, to’langan qo’shilgan qiymat solig’i summasi boshqa tovarlar tushumi bo’yicha olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasidan chegirib kamaytiriladi. Bunday S.s.ni qo’llash iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.