“Sohibqiron” so’zining ma’nosi
Sohibqiron so’zining arabcha saodatli, zafarli, g’olib ma’nolari bor. Ilmi nujum (astrologiya)da va afsonalarda Zuhra (Venera) – do’stlik va mehru muhabbat tug’yonlarini in’om aylaguvchi, Mushtariy (Yupiter) – omadu iqbol, muzaffariyatu shodiyonalar sayyorasi deb ta’riflanadi. Shu ikki sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli lahzalardur, uni qiron deydilar, shunday vaqtda tug’ilgan bola o’sha qiron sohibi hisoblanadi. Bunday bolaning baxtli, ulug’ martabalar egasi bo’lishi oldidan bashorat etiladi. Sharq mamlakatlarida falakiqtidor hukmdorlarga beriladigan sharafli unvon. Amir Temur Ko’ragon ham shu unvonga musharraf bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- 1360-1370 yillarda Turkistondagi vaziyat
- Amir Temur – bunyodkor
- Amir Temur – buyuk sarkarda
- Amir Temur – ilm-fan homiysi
- Amir Temur – Temuriylar saltanatining buyuk sarkardasi
- Amir Temur diplomatiyasi
- Amir Temur farzandlari
- Amir Temur haqida davlat va madaniyat arboblari fikrlaridan namunalar





