Solih

Solih (Arabcha — salohiyatli, yaroqli) — ezgu ish, savobli amal. Qur’onda imon bilan Solih amallarni qilishga buyurilgan oyatlar ko’pligidan ash’ariya ta’limotida Solih amal ham imon tarkibiga kiritilgan. Moturidiylik ta’limotida esa mazkur amal imon tarkibiga kirmasligi ta’kidlangan. Aks holda unga amal qilmagan mo’minlar imondan ajralib qolishlari mumkin.