Solih
Solih — Qur’onda zikr etilgan payg’ambarlardan biri. Qur’onga ko’ra, Samud qavmini hidoyatga boshlash uchun payg’ambar qilib yuborilgan. Hijoz bilan Shom orasida Hijr degan joyda yashovchi bu qavm nafsoniy lazzatlarga berilgan, huzurbaxsh ichimliklar ichib, o’zlari yasab olgan butlarga sig’inar edi. S. ularni faqat Allohga ibodat qilishga chaqiradi. Biroq qavm hidoyat yo’liga yurish o’rniga S.ni masxara qila boshlaydi va haqiqatdan ham payg’ambar bo’lsang, bizga mo»jiza ko’rsat deb da’vo qiladi. Shunda S. Allohdan o’ziga bir mo»jiza berishini so’rab duo qiladi. Alloh S.ning duosini ijobat qiladi va S mo»jiza ko’rsatib xarsang toshdan tuya chiqaradi. S. qavmni tuyaga ozor bermas- likka chaqirib, havzadan bir kun tuya, bir kun qavm suv ichishi lozimligini bil- diradi (Qamar surasi, 27-28-oyatlar). Ammo, qavm tuyani so’yib yuboradi, S. va uning oilasini yo’qotishga qasd qiladi. Shunda osmondan kuchli chaqmoq yubori- lib, ular halok etiladi (Vazzoriyot sura- si, 44-oyat). S. o’ziga imon keltirgan ki- shilar bilan birga Falastindagi Ramla degan joyga borib, umrining oxirigacha shu erda yashaydi.