Soliq imtiyozlari
Soliq imtiyozlari – davlat tomonidan soliq to’lovchilarga beril – gan engilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq to’lash shartini en- gillashtirish yoki soliqdan to’la ozod qilishdan iborat. Si. soliq undiriladi- gan daromad turlarini qisqartirib, umu- miy kamaytirilgan daromaddan soliq olish, soliq olinmaydigan minimal daromadni belgilash, soliq stavkalari- ni kamaytirish, soliqni to’lab bo’lish muddatini qulay qilish orqali amalga oshiriladi. Si. soliq to’lovchilarga nis- batan tabaqalashtiriladi, muayyan ijti- moiy yoki iqtisodiy maqsadni ko’zlaydi. Si. davlat qo’lida bozor iqtisodiyotini tartibga solishga xizmat qiladi. Ular orqali iqtisodiy faoliyatning ma’- lum bir turlari rag’batlantiriladi. Sharoitga qarab S.i. qayta ko’rib turi- ladi. S.i. berishning xilmaxil shak- llari jahondagi ko’pgina mamlakatlar- ning soliq amaliyotida qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasining soliq ko- deksi (1997)da ayrim yuridik shaxslar va faoliyat turlari uchun hamda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun Si. belgilangan.