Solishtirma quvvat
Solishtirma quvvat – dviga- tel quvvatining o’z massasi, hajmi yoki boshqa parametrlariga nisbati. Por- Shenli dvigatelda dvigatel litrajiga nisbati b-n o’lchanadigani litr quvvati, porshenlar yuzalari yig’indisi birli- giga nisbati b-n o’lchanadigan dvigatel quvvati porshen quvvati deyiladi. Transport mashinalarida S.q. dvigatel quvvatining tortiladigan Tirkamalar og’irligiga nisbati b-n o’lchanadi. S.q. transport mashinalarining dinamik Xu- susiyatlari, ya’ni maksimal tezligi, tez- lik olishi, qo’shimcha yukni torta olish xususiyati va b. b-n ifodalanadi. Ma- shina skrining o’rtacha ish sharoitidagi S.q.iga nisbati shu mashina dvigateli- ning ish rejimi kuchlanganligini ifo- dalaydi. Engil avtomobillar uchun bu kattalik 0,3 ga, yuk avtomobillari uchun 0,5 ga, traktorlar uchun 0,7 -0,75 ga teng.