Soliyeva Farida Ismoiljonovna

Soliyeva Farida Ismoiljonovna (1951.25.3, Buloqboshi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1998). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973 yildan Buloqboshi tumanidagi 17-maktabda frantsuz tili o’qituvchisi. Darsda texnika vositalaridan unumli foydalanadi.