SOLIQ AKADEMIYASI

SOLIQ AKADEMIYASI, O’zbekiston Respublikasi Davlat Soli k, qo’mitasining soliq akademiyasi — soliq tizimiga yuqori malakali mu- taxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. Toshkent sh.da joylashgan. 2001 y. 10 yanv.da soliq va bojxona organlari akademiyasi sifatida tashkil etilgan. 2003 y. 23 mayda Oliy harbiy bojxona instituti tashkil etilishi munosabati b-n qayta nomlanib, O’zbekiston davlat soliq qo’mitasi tasarrufiga kiritil- gan. S.a.da solikdar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi, soliq tizimi xodimlari- ning malakasi oshiriladi. 10 kafedra bor. 2003/2004 o’quv yilida 58 ta prof. o’qituvchi, shu jumladan, 10 fan D-ri va 24 fan nomzodi ishladi. 200 talaba, bir yillik qayta tayyorlash kursida 25 talaba o’qidi, 3 mingga yaqin soliq ti- zimi xodimlari malakasi oshirildi. Soliq ishi sohasida i.t. ishlarini tash- kil etish, xorijiy mamlakatlarning shu kabi o’quv bo’linmalari b-n amaliy, US- lubiy aloqalar o’rnatish, ilmiy adabi- yotlar tayyorlash va nashr etish ishlarini bajaradi. Drlik va nomzodlik disserta- tsiyalarini himoya qilish bo’yicha ixtisos- lashgan ilmiy kengash mavjud. Aspiran- turasi bor. O’quv qo’llanmalari, dastur- lar, ilmiy va metodik qo’llanmalar nashr etadi.