Son

Son — quruqlikda yashovchi umurtqalilar orqa oyog’i; odam da oyoqning chanoqson bo’g’imidan tizza bo’g’imigacha bo’lgan qismi. S. skeleti son suyagidir. S. son suyagi, muskullar, qon tomir va nerv- lardan tashkil topgan. Ularni teri osti pardasi, yog’qatlami va teri qoplab tura- Di. S. terisi ostidan S. ning katta vena- si o’tadi. S. muskullari oldingi, ichki va tashqi guruxlarga bo’linadi. S. boldir, oyoq kafti va panjalar bilan qo’shilib, oyoqni tashkil etadi. Bo’g’imoyoqlilar soni oyoqning 3 yoki 4 bo’g’im asosidan boshlanadigan harakatchan a’zosidir.