Sonor undosh, sonant

Sonor undosh, sonant (lot. Sonorous — jarangdor, jaranglovchi) — ovozning ishtirokiga va hosil bo’lish usuliga ko’ra alohida xususiyatlarga ega bo’lgan undoshlarning umumiy nomi. Su. larda ovoz shovqinga karaganda ko’proq bo’ladi va ular shu xususiyati bilan un- lilarga yaqin turadi. Ular o’zbek tilida 5 ta: l, r, m, n, ng (ts). Ba’zi adabiyotlarda y va w (lablangan v) undoshlari ham so- norlar qatoriga kiritiladi. L—yon un- dosh, r— titroq undosh, m, n, ng — burun undoshlari. Su. lar artikulyasion jix – DTdan undosh, akustik sifatlariga ko’ra esa unli tovushlardir.