SONORIZM

SONORIZM, sonoristika (lot. sonorus — jarangdor so’zidan) — 20-a. musiqa uslublaridan. Konkret musiqa, elektron musiqa, shuningdek, musiqiy impressionizm tamoyillari asosida 1960 y.larda yuzaga kelgan (K. Penderes- kiy, D. Ligeti va b.). 1970y.lardan o. Messian, V. Lyutoslavskiy, R. Shchedrin, A. Shnitke va b. kompozitorlar ijodida rivoj topgan. Sda tovushlardagi baland- pastlik, ritmik munosabatlar emas, bal- ki birinchi o’rinda tembr (tovush bo’yog’i), turli musiqiy birikmalar sadolanishi- ning o’ziga xosligi turadi. Unda akkord- lar o’rnida tovushlarning noan’anaviy qo’shilmalari, sozlarning yangi chalish usullari qo’llaniladi. O’zbekistonda M. Tojiev, R. Vildanov, T. Qurbonov, F. va D. YanovYanovskiylar, M. Bafoev va b. kompozitorlar asarlarida uchraydi.