Soqa

Soqa (Arab.) -1) harbiy yurish yoki xarbiy amaliyotlar chog’ida asosiy kuchlar ortidan soqchilik qilib boruvchi, zarur vaqtlarda madadga keluvchi maxsus suvo- riy qism. Chingizxon, Amir Temur, Bo- bur, o’zbek xonlari qo’shinlarida mavjud bo’lgan va u askar, mo’g’ulcha chag’dovul ata- masi bilan ifodalangan (q. Arergard); 2) jang paytida turli tashqi zarbalar, xususan, g’animning o’q, qilich, nayza singari qurollari zaxmidan saqlanish maqsadida tizza va tirsaklarga kiyi- ladigan metall qalqoncha. Tizza S.si, shuningdek, tizlik deb ham nomlangan; 3) Xorazm va Qoraqalpog’istonda kanal boshi ma’nosida ishlatiladigan ata- ma. «Sag’a» shaklida talaffuz qilingan. Tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. Joy nomlari tarkibiga kirgan (mas, Toshsoqa kanali).