So’qoqsoy, Samsaraksoy

So’qoqsoy, Samsaraksoy Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi soy. Chirchiq — Ohangaron havzasida joylash- gan. Chatqol tizmasining Jan.g’arbiy yon bag’ridan oqib tushuvchi Sarituproqsoy va Miskensoyning qushilishidan hosil bo’ladi. Uz. 33 km, havzasining mayd. 75,4 km2. Qorasuvga quyiladi. So’qoq qishlog’iga qadar soy yon bag’irlari ba- Land, tor va chuqur vodiyda, shag’al va xar- Sang toshlarga to’la nishabi katta o’zanda oqadi, shu qishloqdan boshlab vodiysi ancha kengaya boradi, yon bag’irlari past va yotiq. S havzasi ancha sersuv, o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 1,96 m3/sek. Qoryomg’ir suvlaridan to’yinadi. Yillik oqimning 60-70% mart—may oylariga to’g’ri ke- ladi. S.ning asosiy irmog’i — Chashma- soy (o’ngdan). Soydan apr.— may oylari- da sel keladi. S. havzasida «So’qoq» dam olish uyi, bolalar oromgohlari bor.