SOVUNDARAXT

SOVUNDARAXT, sapindus (Sapindus) — sapindoshlar oilasiga mansub past bo’yli daraxtlar yoki butalar tur- kumi, doim yashil yoki barg to’kadigan daraxtlar. 15 ga yaqin turi bor; tropic Osiyo (6 turi) va Amerikada (3 turi), ga- vayi orollari va Okeaniyada tarqalgan. Mevasida 38% cha saponin moddasi bor va sovun o’rnida ishlatiladi. Tropik va subtropik mamlakatlarda manzarali o’simlik va saponin olish uchun ekiladi. Kavkazning qora dengiz sohillarida, za- Kavkaze va O’rta Osiyoda Zturi: haqiqiy S. (S. saponaria), muku ros i S. (S. mucorossi) va sovuqqa chidamli Drummond S. i (S. drummondii) o’stiriladi. Ba’zi turlarining mevasi eyiladi.