Sportcha yurish

Sportcha yurish — engil atleti- ka turi; odatdagi yurishdan tik holatda tayanilayotgan oyoqni, albatta, to’g’ri qolda, tizzani bukmasdan yurish bilan, yugu- rishdan — harakatning betayanch bosqichi bo’lmasligi (tovonni bosish shartli- gi) bilan ajralib turadi. Syu. Tezligi odatdagi yurishdan 2-2,5 baravar yuqori bo’ladi, bunga katta (105— 115 sm) va teztez (minutiga 180-200 ta) qadam tashlash bilan erishiladi. Musobaqalar stadion yo’lkasida va asfalt yo’llarda o’tkaziladi. Erkaklar 10-50 km (rasmiy xalqaro musobakalarda — 20 va 50 km), o’smirlar — 3— 10 km; ayrim mamlakat- larda ayollar — 3-20 km masofada Muso- bakalashadilar. Syu. musobaqalari 19-a. 2-yarmida avval Buyuk Britaniyada, keyin Kanada, AQSh, Shvesiya, Frantsiya, Germa- niya va b. mamlakatlarda o’tkazila bosh- ladi. 1908 y.dan Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi.