Ssuda kapitali

Ssuda kapitali — vaqtincha foydalanib qaytarish, ma’lum foiz haq to’lash sharti bilan qarzga beriladigan pul kapitali. SK.ning iqtisodiy ma’- nodagi o’ziga xos xususiyati shundaki, u foiz ko’rinishida foyda keltiradi. S.k. egasi tomonidan ishlab chiqarish. ga qo’yilmaydi, balki foiz ko’rinishida foyda olish uchun vaqtincha boshqa ish- bilarmonga beriladi. S.k. «o’zo’zidan ko’payish» qobiliyatiga ega. Uning tovar resurslari qiymatini ifodalovchi pul- dan farqi ham shunda. Kreditga beriladigan SK.ning mud- dati bo’yicha farqlanadigan bir qancha turlari mavjud. Mac, pul kapitallari bozorida, asosan, firmalar, banklar va b.ning aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojlariga xizmat ko’rsatiladi; bu bozorda puldan tashqari qisqa muddat- li S.k.ning manbai sifatida veksellar, depozit sertifikatlari, bank aktsept- lari singari qisqa muddatli kimmatli qog’ozlar muomalada bo’ladi, ya’ni sotib olinadi va sotiladi; uzoq muddatli S.k. bozorida (qarzga olinadigan mablag’lar bozori, kapitallar bozori) uzoq muddat- li qarz kapitalini jalb etish bo’yicha operasiyalar o’tkaziladi, mas, uzoq mud- datli obligasiyalarni sotishdan tushgan mablag’lar ko’chmas mulk (ipoteka) bozori orqali S.k. bozorida qatnashadi. S.k.ga bo’lgan talab (shuningdek, ta- Klif) mamlakat xo’jaligi holati va ke- lajagini ko’rsatuvchi indikator bo’lib xizmat qiladi. Uzoq muddatli kapitalga bo’lgan talabning o’sishi mamlakatning iktisodiy rivojlanish davriga kirgan- ligidan darak beradi. Kiska muddatli ssudalar beqaror iqtisodiyot davrida, ayniqsa, ko’p foyda (ularga bo’lgan ta- lab keskin oshadi) keltiradi. Shu bilan birga uzok, muddatli va kiska muddatli. S.k. orasidagi zarur balansni saklash uchun (umuman mamlakatdagi xo’jalik munosabatlarini barqarorlashtirish ana shunday balansga bog’liq bo’ladi) davlat bu ishni o’z vaktida va maqsadli yo’naltirgan hodda boshqarib turadi. S.k. bozori turli kredit muassasala- ri hamda fond bozorlari orkali faoli- yat ko’rsatadi. Ahmadjon O’lmasov.