Srimbetova Gulparshin

Srimbetova Gulparshin (1945, Mo’ynoq tumani) — qoraqalpoq xo- nandasi (lirikdramatik soprano), Qoraqalpog’iston (1973), O’zbekiston (1974) va Boshqirdiston (1977) xalq ar- tisti. Toshkent konservatoriyasini tugat- gan (1970). Nafasi keng, jarangdor ovoz sohibasi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonan- da (1961-63 va 1970 y.dan). Repertua- ridan xalq qo’shiklari («Dembermes», «Bibisanam», «Eshvoy», «Adingnan» «Ellarim bordi» va b.), kompozitor («Nukus gullari», «yor-yor aytayin», N. Muhammaddinov) va bastakorlar asarla- ri («Dutorim mening», X. Turdiqulov) o’rin olgan. Qozon, Ufa, Moskva kabi shaharlarda gastrolda bo’lgan. Hamza no- midagi O’zbekiston Davlat mukofoti la- ureati (1974).