STEREOGRAF
STEREOGRAF (Stereo… va graf) — aerofotosuratlar bo’yicha topografiya xa- ritalari tuzish uchun mo’ljallangan uni- Versal mexanik loyihalash asbobi. S.da topografiya xaritalari tuzish uchun Aero- fotosuratlar 3° gacha qiya burchak ostida olinishi kerak. S. koordinometr, karet- kalar, surgichlar, kardanlar, korrektsi- yalovchi (tuzatish kirituvchi) mexanizm- lar va loyihalash richaglaridan iborat. Aerofotosuratlar har doim gorizontal joylashtiriladi. Koordinometr karet- kasi surilganda loyihalash richaglari proektsiyalar markazlari atrofida ayla- nib, aerofotosuratlarni va surgichlarni qiya korrektsiyalash tekisliklari bo’yicha suradi. Natijada kardanlarning baland- lik bo’yicha vaziyati o’zgaradi va suratlar qo’shimcha ravishda suriladi (qiyalik bur- chaklarining ta’siri yo’qoladi). S. yor- damida ob’ektlarning tasviri xaritaga buzilmay chiziladi.