Stereotipiya
Stereotipiya (Stereo… va Yun. typos — nusxa) — kitob, gaz., jurnal va b.ni ko’p nusxada nashr etish uchun bos- maxona qolipi (stereotip) tayyorlash va undan nusxalar bosish usuli. Stereotip metall, plastmassa yoki rezinadan tay- yorlanadi. Matn shriftlari yoki tasvir uning sirtiga bo’rtib chiqib turadi. S.ning quyma, elektrolitik va presslash usullari bor. S. ish unumdorligi yuqori bo’lgan rotasion mashinalar uchun krliplar tay- yorlashga, bir vaqtning o’zida kitob, gaz. va b.ni turli joylarda bosishga imkon beradi. Stereotip matrisalarni sakdab qo’yib, matbaa mahsulotlarini bir necha marta nashr qilish mumkin. G’ozir bu usul kamroq qo’llanadi.