STEREOTELEVIDENIE
STEREOTELEVIDENIE (ste- Reo… va televidenie) — tomoshabin- da kuzatilayotgan tasvirlar chuqurligi va hajmiyligi taassurotini pay- do qiladigan televidenie tizimi. Chuqurlik va hajmiylik taassuroti odamning ko’rish binokulyarligi (ikki ko’z bilan ko’rish) xususiyati oqibati. S.da aynan bir ob’ektning tasviri bir- biridan ma’lum masofada joylashgan ikki vaziyatdan turib uzatiladi. Shun- da ob’ektning stereojuftlikni hosil qiladigan ikki tasviri shakllanadi. Televizor ekranida bu tasvirlar tomo- shabinga alohidaalohida ta’sir qiladi, ya’ni chap ko’zga stereojuftlikning chap tasviri, o’ng ko’zga o’ng tasviri ko’rinadi. Oqqora va rangli hajmiy televideni- ening bir necha tizimi mavjud. Bular televizion ko’rsatuvlarni uzatish uchun ham (ba’zan), amaliy maqsadlarda ham (ko’proq) qo’llanadi.